Bobur Mirzo dunyoga kelishi bilan bog‘liq tarixiy film suratga olinadi - Dono.uz

Bobur Mirzo dunyoga kelishi bilan bog‘liq tarixiy film suratga olinadi

“O‘zbekkino” Milliy agentligi xabariga ko‘ra, yaqin kunlar ichida “Yo‘lbarsning tug‘ilishi” badiiy filmi suratga olinadi.

Film ssenariysi tarixiy drama janri asosida yaratilgan.

Ushbu ssenariy taniqli adib Xayriddin Sultonovning “Yo‘lbarsning tug‘ilishi” nomli kinohikoyasi asosida yozilgan bo‘lib, unda ulug‘ shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning dunyoga kelgunga qadar bo‘lgan voqealar aks etadi.

Film mavzusi temuriyzoda Zahiriddinning tug‘ilishi va unga Bobur ismi berilishining ilohiy, tabiiy sabablari haqida. Syujet tug‘ilajak shahzodaning otasi Umarshayx Mirzo atrofida qurilib, voqealar asosan uning saroyidagi hayoti va ov sarguzashtlaridan iborat.

Ma’lumki, tarixda sarkardaning Bobur nomini olishi bilan bog‘liq bir nechta rivoyat va afsonalar mavjud. Umarshayx Mirzoning uzoq vaqt kutilgan o‘g‘il farzand ko‘rish orzusining ushalishi va Bobur dunyoga kelishi bilan bog‘liq tarixiy voqeani film talqinini yaratishda tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima uyg‘unligiga e’tibor qaratiladi. Ya’ni, saroyda shahzoda va tog‘da yo‘lbars bolasining bir vaqtda tug‘ilishi, bu ikki tabiiy hodisa o‘rtasidagi ilohiy bog‘liqlik ochib beradi.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Bobur ShER O‘G‘LI .

Free WordPress Themes