Prezident maktabini tugatganlarga qanday imtiyozlar beriladi? - Dono.uz

Prezident maktabini tugatganlarga qanday imtiyozlar beriladi?

Prezident maktablari bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega bo‘ladi.

Bu xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirish imkonini beradi. O‘quvchilarning kelajakda qaysi kasbni tanlashiga qarab, shu sohaga yo‘naltirib boramiz. Ammo o‘quvchilar qaysi kasbni tanlamasin, dunyoqarashi keng bo‘lishi uchun adabiyot, san’at, musiqa fanlari chuqur o‘rgatiladi.

Sababi, O‘zbekiston nomidan chet elga borgan vakillarimiz har sohada o‘z fikriga va dunyoqarashiga ega bo‘lsin. Shuning uchun debat suhbatlarini tashkil qilganmiz, bunda bolalar o‘rtaga tashlangan mavzuda o‘z fikrini erkin bildira oladi. Bularning bari kuchli pedagoglarimiz tomonidan nazoratga olinadi.

Tasavvur qiling, misol uchun, o‘quvchi fizika fanini yaxshi o‘zlashtirsayu ammo bilimini jamiyatga yetkazib bera olmasa, bilimi faqat qog‘oz va yozgan maqolasida qolib ketadigan bo‘lsa, bundan xalq manfaatdor bo‘la olmaydi. Biz tarbiyalagan bolalar esa ham nazariyada, ham uni amaliyotda qo‘llashda hech bir qiyinchilik sezmaydi. Sababi, mana shu debatlar unga o‘z fikrini to‘g‘ri ifoda etishni ham o‘rgatadi.

Free WordPress Themes