Singapur shirin ichimliklar reklamasi taqiqlangan birinchi mamlakatga aylanadi - Dono.uz

Singapur shirin ichimliklar reklamasi taqiqlangan birinchi mamlakatga aylanadi

Singapur hukumati keyingi yildan shakarga boy ichimliklar reklamasini butunlay taqiqlash qaroriga keldi. CNN xabariga ko‘ra, bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Edvin Tong bayonot berdi.

Taqiqlov barcha mediaplatformalar uchun taalluqli — bosma matbuotdan tortib, internet saytlari va radio-televideniyegacha. Taqiqlanadigan mahsulotlar ro‘yxatiga barcha gazlangan shirin ichimliklar, sharbatlar, ichiladigan yogurtlar, eruvchan qahva va boshqalar kiradi. Shirin ichimliklar ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlariga maxsus tamg‘a yopishtirish majburiyati qo‘yiladi.

«Coca-Cola»ning Singapur bo‘linmasi bu chorani olqishlagan, kompaniya ma’lum qilishicha, taqiqlovlar uning savdosiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki anchadan beri o‘z mahsulotlarini shakarsiz yoki juda kam miqdordagi shakar qo‘shib tayyorlamoqda.

Vazir Tonganing aytishicha, taqiqlovdan maqsad diabet kasalligiga qarshi kurashishdir. Chunki ayni paytda mamlakatdagi har yettinchi inson diabetga chalingan.

Free WordPress Themes