“MARKAZIY OSIYO SHAXMAT FESTIVALI” - Dono.uz

“MARKAZIY OSIYO SHAXMAT FESTIVALI”

Toshkent shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “MARKAZIY OSIYO SHAXMAT FESTIVALI” bo‘lib o‘tdi. Mazkur chempionat RosAtom, FIDE va O‘zbekiston Respublikasi hukumati ko‘magida hamda O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi tomonidan tashkil qilindi.

“MARKAZIY OSIYO ShAXMAT FESTIVALI” doirasida 3 turnir bo‘lib o‘tdi. Asosiy musobaqa bu 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati. Bundan tashqari, rapid(tezkor shaxmat) bo‘yicha uch guruhda va maktab o‘quvchilari o‘rtasida musobaqa hamda FIDE arbitlari uchun xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Federatsiyalarni rivojlantirish dasturi bo‘yicha, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston shaxmat federatsiyalariga o‘z davlatlarida turnirlarni tashkillashtirishlari uchun 20 ta shaxmat soatlari taqdim etiladi.

Musobaqada 6 mamlakatdan – Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Afg‘oniston va O‘zbekistondan umumiy 200 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishdi.

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mukofot jamg‘armasi 12.000 yevro bo‘lgan festivalda, standart yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan o‘g‘il bolalarga 3000 yevro, qiz bolalarga esa 1500 yevro pul mukofoti berildi.

Qizlar o‘rtasidagi g‘oliblar:
1. Yakubbayeva Nilufar (O‘zbekiston) 1500 yevro
2. Balabayeva Xeniya (Qozog‘iston) 700 yevro
3. Saparova Sitora (O‘zbekiston) 500 yevro
4. Salimova Asal (O‘zbekiston) 400 yevro
5. Abdusattorova Bahora (O‘zbekiston) 200 yevro
6. Omonova Umida (O‘zbekiston) 100 yevro

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi g‘oliblar:
1. Abdusattorov Nodirbek (O‘zbekiston) 3000 yevro
2. Yakubbayev Nodirbek (O‘zbekiston) 2000 yevro
3. Saydaliyev Saidakbar (O‘zbekiston) 800 yevro
4. Vohidov Shamsiddin (O‘zbekiston) 700 yevro
5. Sindarov Javoxir (O‘zbekiston) 600 yevro
6. Atabayev Saparmurod (Turkmaniston) 500 yevro
7. Agmanov Jandos (Qozoqiston) 400 yevro
8. Nurmamedov Azat (Turkmaniston) 300 yevro
9. Kasimov Ali (O‘zbekiston) 200 yevro
10. Isomov Umar (O‘zbekiston) 100 yevro

Ushbu turnir FIDE, O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi bilan RosAtom hamkorligidigai ilk turnir.

Free WordPress Themes