O‘zbekistonlik 6 ta tilni biladigan yigit “Nobel” muqobili – "Guzi" mukofotiga loyiq ko‘rildi - Dono.uz

O‘zbekistonlik 6 ta tilni biladigan yigit “Nobel” muqobili – «Guzi» mukofotiga loyiq ko‘rildi

Ilk bora o‘zbekistonlik Bobur Egamberganov «Guzi» mukofoti sovrindor deb topildi. Bobur Egamberganov yoshlarni ijodiy va intellektual qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Boburbek 2000 yilning 29 sentyabrida Xorazm viloyati Urganch tumanida tug‘ilgan. 2003-2013 yillar oralig‘ida Ukrainaning Jitomir shahrida yashagan. 2013 yilda oilasi bilan O‘zbekistonga qaytib, Urganch shahar 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-sinfiga qabul qilingan. 2019 yilda Urganch Qurilish kasb-hunar kollejni tugatgan. Hozirda Moskva Davlat boshqaruvi institutining 1-bosqich talabasi. U rus, ukrain, turk, tatar, arab va polyak tillarini biladi.

«Guzi» mukofoti «Nobel» mukofotining Osiyodagi muqobili sifatida tan olingan bo‘lib, 2002 yilda Filippinda ta’sis etilgan.

«Guzi» mukofoti alohida shaxs yoki jamoaga inson qadr-qimmatini oshirish, dunyoda tinchlik o‘rnatishga qo‘shgan hissasi, ilm fandagi yutuqlari uchun beriladi.

Har yili mingdan ortiq nomzodlar orasida 10-15 nafar nomzodlar «Guzi» mukofoti bilan taqdirlanib kelinadi.

Ushbu mukofotning navbatdagi sovrindorlari orasida Buyuk Britaniya, Isroil, Hindiston, Malayziya, Begiya kabi davlat vakillari qatorida o‘zbekistonlik Bobur Egamberganov ham bor.

Mukofot bilan taqdirlash marosimi 27 noyabr sanasida Filippinda bo‘lib o‘tadi.

Free WordPress Themes