Maktab o‘quvchisi tuman hokimligining sovg‘asi - noutbuk bilan taqdirlandi - Dono.uz

Maktab o‘quvchisi tuman hokimligining sovg‘asi – noutbuk bilan taqdirlandi

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi butun mamlakatimizda bo‘lganidek, Namangan viloyatida ham katta tantanalar bilan keng nishonlandi.

Sana munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, adabiy-badiiy kechalar, anjumanlar o‘tkazildi.
Bayram munosabati bilan Chortoq tumanidagi kasb-hunar kollejlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan insholar tanlovi shular jumlasidan.

Chortoq tuman hokimligi tomonidan xalq ta’limi bo‘limi hamkorligida 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabda “Tariximsan, taqdirimsan va kelajagimsan, ona tilim!” mavzuida tashkil etilgan mazkur tanlovda kollej va barcha maktablardan eng iqtidorli o‘quvchilar qatnashdilar.
Tanlov natijasiga ko‘ra, 1-o‘rin 53-DIUMning 10-sinf o‘quvchisi Durdona Kamoliddinovaga nasib etdi.

14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida sanaga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda g‘oliblarga tuman hokimligining maxsus sovg‘alari tantanali topshirildi.

G‘olib o‘quvchi tuman hokimligi tomonidan noutbuk bilan taqdirlandi.

O‘quvchi-yoshlarni ona tilimizga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishga qaratilgan tadbirlar, ma’naviy-ma’rifiy tanlovlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

Free WordPress Themes