Til bor ekan, millat barhayot! - Dono.uz

Til bor ekan, millat barhayot!

Navoiy viloyatida “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligining o‘ttiz yilligi keng nishonlanmoqda. Tadbirlarda keng jamoatchilik vakillari, yoshlar, ommaviy axborot vositalari faol ishtirok etmoqda.

Dasturga ko‘ra, Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, “Farhod” madaniyat saroyida bayramga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda viloyat hokimi K. Tursunov so‘zga chiqib, nufuzli anjumanda ishtirok etayotgan Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Tojikiston mamlakatlaridan hamda respublikamizning turli hududlaridan kelgan taniqli olim, murabbiy, tadqiqotchilarni bayram bilan qutladi.

Qutlug‘ sana munosabati bilan o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov g‘oliblari hamda Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, o‘quvchi-yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, davlat tilining hayotimizdagi o‘rni hamda ahamiyatini oshirishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun bir guruh professor-o‘qituvchi va pedagog xodimlar viloyat hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. So‘ngra ishtirokchilarga badiiy konsert dasturi namoyish etildi.

Shuningdek, “Globallashuv sharoitida o‘zbek tili va o‘zga tillar munosabati: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Free WordPress Themes