Sirdaryoda besh tashabbus ijrosini taʼminlash boʼyicha tadbirlar oʼtkazildi - Dono.uz

Sirdaryoda besh tashabbus ijrosini taʼminlash boʼyicha tadbirlar oʼtkazildi

Sirdaryo viloyati, Baxt shahridagi oʼgʼil bolalar oʼquv-tarbiya muassasasida 5 ta tashabbus ijrosini taʼminlash boʼyicha maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʼtkazildi.

Xalq taʼlimi vazirligi va Milliy gvardiya hamkorligida oʼtkazilgan mazkur tadbirda yangi sunʼiy qoplamali futbol maydoni hamda «Sport shaharchasi» ochildi.

Tadbirda Xalq taʼlimi vaziri oʼrinbosari D.Kenjaev, Milliy gvardiya qoʼmondoni oʼrinbosari, polkovnik Sh.Shokirov ishtirok etdi.

Free WordPress Themes