Unga ko‘ra, joriy yilning to‘qqiz oyi davomida O‘zbekistonning doimiy aholisi 33 million 724 ming kishini tashkil etgan (2018-yilda ushbu ko‘rsatkich 33 million 85 ming kishiga teng bo‘lgan). Yanvar—sentabr oylari davomida tug‘ilishlar soni esa 589,7 mingga (2018-yilda 553,4 ming) yetgan.

Shuningdek, joriy yilda aholining tabiiy o‘sish ko‘rsatkichi ham 477,5 mingga yetgan bo‘lsa, tuzilgan nikohlar 194,9 ming birlikni, ajrashishlar esa 23,6 ming birlikni tashkil etgan.

Respublika hududlari kesimida tahlillar bo‘yicha, 2019-yil 1-oktabr holatiga eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 foizni tashkil etib, keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyatida 11,1 foizni, Qashqadaryo viloyatida 9,7 foizni va Andijon viloyatida 9,2 foizni tashkil etgan.