Uchko‘priklik ta’lim fidoiylari e`tirof etildi - Dono.uz

Uchko‘priklik ta’lim fidoiylari e`tirof etildi

Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Uchko‘prik tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Katta Kenagas qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, maktabda 103 nafar o‘qituvchi-pedagoglar 1395 nafar o‘quvchi yoshlarga ta’lim tarbiya berib kelmoqda.

O‘quvchilarni maktabda ta’lim olishi va DTS talablarini bajarish yuzasidan o‘quv adabiyotlari, jami 3002 dona fondga ega bo‘lib, badiiy adabiyotlar 2502 dona, 17059 dona darsliklar, 500 dona elektron darslik va qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlangan.

Maktabdagi o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida maktabda jami 42 ta fan to‘garaklari, 6 ta sport to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib, maktabning 100% o‘quvchilar qamrab olingan, shuningdek iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan muntazam ravishda pedagoglar shug‘ullanib, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar.

2018-2019 o‘quv yili davomida maktabnig bir qator o‘quvchilari jumladan: biologiya fanidan M.Husanboyeva (10-sinf), M.Muhammadova (9-sinf), rus tili fanidan H.Yergasheva (10-sinf), ingliz tili fanidan I. Yoqubova (10-sinf), G.Yusupova (9-sinf), huquq fanidan G.Madaminova (10-sinf), informatika fanidan S.Rahmatullayev(10-sinf), ona tili va adabiyot fanidan M,Kamolova (9-sinf), chizmachilik fanidan M.Abdullayev (10-sinf)lar 3-tur fan olimpiadasi, ya’ni viloyat bosqichida muvaffaqiyatli qatnashdilar. 9-sinf o‘quvchisi D.Shokirov chizmachilik fanidan o‘tkazilgan innovatsion olimpiadaning viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rini egalladi. Bilimlar bellashuvida biologiya fanidan M.Hotamxo‘jayeva (9-sinf), rus tili fanidan N.Nabiyeva (9-sinf)lar 2-bosqichda qatnashib, faxrli o‘rinlarni egalladilar. Maktabning biologiya fani o‘qituvchisi F.Qurbonova “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida faxrli 3-o‘rin sohibi bo‘ldi. Ona tili va adabiyot o‘qituvchisi S.Jo‘rayeva esa Jizzax viloyatida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi hakamlar hay’ati tarkibida qatnashdi.

Eng quvonarlisi 2018-2019 o‘quv yilida maktabning 11-sinfini tamomlagan 56 nafar o‘quvchilardan 36 nafari oliy yurtiga qabul qilindi, ulardan 10 nafari davlat grandi, 26 nafari shartnoma asosida turli yo‘nalishlarda oliy o‘quv yurtlari sinovlarida muvaffaqiyatli qatnashib, talabalar safiga qabul qilindi.

Maktabi direktori O‘ljayeva Zamiraxon Sotvoldiyevna 2018-2019 o‘quv yilida 21-umumiy o‘rta ta’lim direktori lavozimiga tayinlandi. Z.O‘ljayeva rahbarligidagi maktabda ta’lim-tarbiya sohasida ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Z.O‘ljayeva o‘quvchilarning qalbiga yo‘l topa olganligi sababli ularning kiyinishi, yurish-turishi, davomati va fanlarni o‘zlashtirishida oldinga siljishlar kuzatildi.

Maktabnig jonkuyar direktori Z.O‘ljayeva rahbarligida obodonlashtirish ishlari ham amalga oshirildi. Maktab atrofiga 400 tup archa ko‘chatlari ekildi. Maktabning oldi ko‘rinishi qayta ta’mirlandi, faollar zali, kirish foyelari zamon talablariga mos tarzda jihozlandi. Faollar zali va boshlang‘ich sinf xonalarida isitish tizimi qayta ta’mirlandi.

Z.O‘ljayeva ota-onalar bilan ham mustahkam aloqa o‘rnatgan. Uning faoliyatiga ota-onalar ham ijobiy fikr bildirmoqda. U ota-onalar o‘rtasida ham hurmatga ega.

Talabchan rahbar Z.O‘ljayeva 10-11 sinf o‘quvchilarini to‘liq maktabga kelishini ta’minlashga erishgan. Ularning qiziqishlari bo‘yicha darsdan so‘ng turli fan to‘garaklariga yo‘naltirgan.

Z.O‘ljayeva ish faoliyatida yuqori ko‘rsatgichga erishayotgan o‘qituvchilarni vaqtida rag‘batlantirib boradi. Bu ish samaradorligining oshib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Z.O‘ljayeva qayerda faoliyat ko‘rsatmasin o‘z ishiga talabchan va sodiqlik bilan o‘quvchilarni yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalashda hamda yoshlarni mamlakatimiz kelajagi uchun yetuk insonlar bo‘lib kamol topishida o‘z hissasini qo‘shishiga ishonch bildiramiz.

Hozirgi rivojlanayotgan mamlakatimizga saloxiyatli, bilimli va doimiy izlanuvcha malakala yoshlarni tarbiyalash va ularga bilim berish borasida mazkur maktabnig faoliyati viloyatdagi barcha ta’lim muassasalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

Free WordPress Themes