Qahramonimiz nomi abadiylashtirildi - Dono.uz

Qahramonimiz nomi abadiylashtirildi

Uchtepalik katta leytenant Yusupov Miraxmat Miragzamovich ichki ishlar tizimida mehnat qilib, 1990 yilda jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida 31 yoshida halok bo‘lgan.

Bugun qahramonimiz ta’lim olgan Uchtepa tumanidagi 197-sonli maktabga uning barelefi qo‘yildi.

Shu munosabat bilan, o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimligi, ichki ishlar bo‘limi mas’ullari, Miraxmat Yusupovning yaqinlari, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari jamul jam bo‘lishdi.

Uchtepa tuman hokimligi Matbuot xizmati

Free WordPress Themes