Diqqat, tanlov! Siz Korrupsiyaga murosasizmisiz? - Dono.uz

Diqqat, tanlov! Siz Korrupsiyaga murosasizmisiz?

Poraxo‘rlikni fosh etuvchi maqolalar yozganmisiz? Ko‘rsatuv yoki eshittirish tayyorlaganmisiz? O‘z postlaringizda data-jurnalistika instrumentlari yordamida poraxo‘rlarning kirdikorlarini fosh etganmisiz? Unda O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi va Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda o‘z materiallaringiz bilan ishtirok eting! 11 nafar eng faol jurnalistlar 11 ta hududdan taklif etiladi!
– Eng yaxshi jurnalistik surishturuv;
– Eng yaxshi intervyu;
– Data –jurnalistika instrumentlari qo‘llangan eng yaxshi material;
– Vizuallashgan ma’lumotlardan unumli foydalangan jurnalist kabi yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlovga 2019 yilning 1 avgustidan 25 dekabriga qadar e’lon qilingan materiallar qabul qilinadi.
O‘z materiallaringizni  anticorrupshion@mail.ru  elektron pochtasiga yoki Jurnalistlarni qayta tayyorlash markaziga olib kelib topshirishingiz mumkin. Biz Navoiy ko‘chasi 30 uyda joylashganmiz.

Free WordPress Themes