Buxoroda “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosiqichi bo‘lib o‘tdi - Dono.uz

Buxoroda “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosiqichi bo‘lib o‘tdi

Buxoro yoshlar markazida umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosiqichi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlovda viloyatning barcha tuman hamda shaharlaridan kelgan jamoalar ishtirok etdi. Ishtirokchilar jami uchta shart bo‘yicha o‘z bilim va mahoratlarini namoyon qildi.

Barcha shartlarda eng ko‘p natijalarni qo‘lga kiritgan G‘ijduvon tumanining “Element” jamoasi 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rin Buxoro shahrining “Zajigalka” jamoasiga nasib qildi. 3-o‘rinni esa Jondor tumaning “Eksklyuziv” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Free WordPress Themes