O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Rossiyada o‘tkazilayotgan “Robototexnika” musobaqasida ishtirok etmoqda - Dono.uz

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Rossiyada o‘tkazilayotgan “Robototexnika” musobaqasida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 26 oktabridan – 9 noyabriga qadar Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida “Raqamli iqtisodiyot kadrlari” federatsiya loyihasi doirasida “Robototexnika” musobaqasi o‘tkaziladi.

Mazkur musobaqa “Kvantorium” bolalar texnoparkida bo‘lib o‘tmoqda.11 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda. Xususan, yurtimiz “Barkamol avlod” bolalar maktablaridan “Youth techno art – 2019” hamda Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan (IYRA) xalqaro tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng iqtidorli o‘quvchilar faol ishtirok etmoqda

Free WordPress Themes