Nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida rasm chizish bo‘yicha respublika ko‘rik tanlovida barcha qatnashchilar g‘olib deb topildi - Dono.uz

Nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida rasm chizish bo‘yicha respublika ko‘rik tanlovida barcha qatnashchilar g‘olib deb topildi

Adliya vazirligi O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslarni birlashtirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2018-yildan boshlab “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Mazkur loyiha doirasida navbatdagi muhim tadbir amalga oshirildi. Vazirlik tomonidan joriy yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda Yoshlar ijod saroyi binosida 7 yoshdan 17 yoshgacha nogironligi bo‘lgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida rasm chizish bo‘yicha respublika ko‘rik tanlovi tashkil qilindi.

Ushbu tanlovda hududlarda o‘tkazilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalarning rassomlik mahoratlari yana bir bor sinovdan o‘tkazildi, deyiladi xabarda.

Tanlov doirasida nogironligi bo‘lgan bolalar tomonidan yaratilgan san’at asarlarining ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.

“Boshqa tanlovlardan ushbu tanlovning ajralib turishining eng katta farqi bo‘ldi. Bu ham bo‘lsa, tanlovda hech kim ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallamadi. Aksincha, tanlovda ishtirok etgan bolalar ularning imkoniyatlari cheklanganligiga qaramasdan hayotga bo‘lgan qiziqishlari yuqori darajada ekanligi va bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lganliklari sababli ularning barchasi 1-darajali diplom bilan taqdirlandi”, — deyiladi xabarda.

Free WordPress Themes