Fransiyalik olimlar Yer yuzidagi eng “o‘lik” yer qayerda ekanligini aniqladi - Dono.uz

Fransiyalik olimlar Yer yuzidagi eng “o‘lik” yer qayerda ekanligini aniqladi

Bu Efiopiya shimolidagi Dallol vodiysi, u yerda hatto mikroblar ham yashay olmaydi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Fransiyaning Parij-Syud universiteti olimlari Dallol vodiysida har qanday turdagi bakteriyalar ham yashay olmasligini aniqlagan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, yer qatlamida suvning mavjudligi hayotning asosiy belgisi hisoblanadi. Ammo yer yuzida shunday joylar borki, ularda suv bor bo‘lsa ham hayot yo‘q.

Vodiydagi suv juda qaynoq (Selsiy bo‘yicha 109 daraja) va ayni vaqtda haddan ziyod nordon (pH~0) va uning tarkibida tuzli magniy aralashmasi mavjud. Suvning bunday tarkibda ekani tirik hujayralarni o‘ldiradi.

Free WordPress Themes