Maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha chempionat o‘tkazildi - Dono.uz

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha chempionat o‘tkazildi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 42 ta tuman (shahar)lardagi 183 ta umumta’lim maktabida 5 ta tashabbus bo‘yicha “Quvnoq startlar” sport musobaqalari tashkil etildi. Jumladan, joriy yilning oktabr oyida o‘quvchilar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha respublika chempionatining maktab va tuman (shahar) bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqalar umumta’lim maktablari sport inshootlaridan samarali foydalanish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona aloqalarni yanada kuchaytirish, harakatli o‘yin turlarini ommalashtirish, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini kuchaytirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Ushbu musobaqalarga jami 122 074 nafar o‘quvchilar jalb etilib, 1806 nafar o‘g‘il-qiz g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Chempionatning respublika bosqichi 15-25-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” respublika chempionatining yakuniy bosqichi 9-13-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Free WordPress Themes