“Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining hududlararo saralash bosqichiga start berildi - Dono.uz

“Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining hududlararo saralash bosqichiga start berildi

Mamlakatimiz Prezidenti ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishi belgilangan.

Joriy yilning sentyabr oyi davomida tanlovning tuman (shahar) bosqichida 4 550 ta umumta’lim maktab jamoalari ishtirok etib, 54 600 nafar o‘quvchi-yoshlar jalb qilindi.

17-31 oktyabr kunlari tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlari o‘tkazildi. Hududiy bosqichlarda 5 970 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Tanlovda faol qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 ta jamoa (har bir hududdan bittadan) hududlararo bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 5 noyabr kunidan boshlab, tanlovning hududlararo saralash bosqichiga start beriladi.

Barcha ishtirokchi jamoalarga omad yor bo‘lsin.

O‘tkazilish muddati
Hudud
Hududiy bosqich g‘olibi
Samarqand viloyati, Samarqand shahri
5.11.2019 y.
Buxoro viloyati,
G‘ijduvon tumanidagi
22-umumta’lim maktabining
“Element” jamoasi

Samarqand viloyati,
Samarqand shahridagi
21-umumta’lim maktabining
“Pozitiv” jamoasi

Surxondaryo viloyati
Boysun tumanidagi
39-umumta’lim maktabining
“Boysun” jamoasi

Qashqadaryo viloyati,
Dehqonobod tumanidagi
69-umumta’lim maktabining
“Yangi yulduzlar” jamoasi

Andijon viloyati, Andijon shahri
7.11.2019 y.
Andijon viloyati,
Asaka tumanidagi
31-umumta’lim maktabining
“Asaka yulduzlari” jamoasi

Namangan viloyati,
Mingbuloq tumanidagi
6-umumta’lim maktabining
“Sho‘x bolalar” jamoasi

Farg‘ona viloyati,
Marg‘ilon shahridagi
2-DIUMning
“Quvnoq akademiklar” jamoasi

Toshkent viloyati, Nurafshon shahri
7.11.2019 y.

Jizzax viloyati,
Jizzax shahridagi 16-umumta’lim maktabining
“Yulduzlar” jamoasi

Sirdaryo viloyati,
Guliston shahridagi 8-umumta’lim maktabining
“Zo‘r-zo‘r” jamoasi

Toshkent viloyati,
Qibray tumanidagi
6-umumta’lim maktabining
“Qibray yulduzlari jamoasi

Toshkent shahri,
Bektemir tumanidagi
289-umumta’lim maktabining
“16+” jamoasi

Xorazm viloyati, Urganch shahri 12.11.2019 y.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Kegeyli tumanidagi
14-umumta’lim maktabining
“Yumor” jamoasi

Navoiy viloyati,
Navoiy shahridagi
7-umumta’lim maktabining
“Navoiylik yigitlar” jamoasi

Xorazm viloyati,
Bog‘ot tumanidagi
3-umumta’lim maktabining
“Shovvozlar” jamoasi

Free WordPress Themes