“Kamalak”da oltin kuz” loyihasi - Dono.uz

“Kamalak”da oltin kuz” loyihasi

Beshta tashabbus – amalda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan beshta muhim tashabbusi asosida Jizzax shahridagi Yoshlar innovatsion markazida “Kamalak”da oltin kuz” loyihasi o‘tkazildi. Bu haqda «UzA» xabar berdi.
Iqtidorli bolalarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dod va mahoratini namoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratish, ma’naviy olamini boyitish, madaniy saviyasini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda umumta’lim maktablari va maktab-internatlaridan 100 dan ortiq ijodkor yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida “Hosil bayrami”, “Innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi”, “Velo-tryuk” velosipedlar bahsi, “Mening yurtimda kuz” rasmlar tanlovi, “Formula-1” loyihalari amalga oshirildi.
Free WordPress Themes