Xurmo ham foydali, ham zararli - Dono.uz

Xurmo ham foydali, ham zararli

Shifokorlar kuz va qishda sevib iste’mol qilinuvchi mevalardan biri – xurmo nimasi bilan foydali ekani-yu, qanday hollarda uni iste’mol qilmaslik kerakligi haqida ma’lumot berishdi.

Parhezshunos Anjyelika Dyuvalning ta’kidlashicha, ushbu mevada ko‘p miqdorda vitaminlar, jumladan, A, S va V vitaminlari mavjud.

“Bu vitaminlar ayniqsa kuzda katta qimmatga ega, ular immunitet, asab tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Organizmga turli infeksiyalardan himoyalanishda yordam beradi”, deb aytmoqda mutaxassis.

Dyuvalning ta’kidlashicha, xurmoda yilning istalgan vaqti zarur bo‘lgan yod va temir moddalari mavjud. Ayniqsa, xurmo xafaqonlikdan aziyat chekuvchilar uchun foydalidir. Shuningdek, ushbu mevani oshqozon yarasi, oshqozon-ichak yo‘li buzilishlari va yurak-tomir tizimida muammolarga ega bo‘lganlarga iste’mol qilish taqiqlanmagan. Biroq mutaxassis buyraklarda tosh va oshqozonosti bezi bilan muammolar bo‘lganda xurmoni iste’mol qilmaslik kerakligidan ogohlantirgan.

Shuningdek, qand kasalligidan aziyat chekuvchilar ham xurmoni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilganlari ma’qul. Chunki ko‘p miqdorda xurmo iste’mol qilish insulinning kuchli ishlab chiqilishiga olib kelishi mumkin.

Free WordPress Themes