O‘zbekistonlik qizcha Central Asia’s Got Talent hakamlarini ta’sirlantirdi (video) - Dono.uz

O‘zbekistonlik qizcha Central Asia’s Got Talent hakamlarini ta’sirlantirdi (video)

Central Asia’s Got Talent ko‘rsatuvida o‘zbekistonlik nogironligi bo‘lgan qizaloq Iroda O‘rozova ishtirok etdi hamda o‘zi yozgan she’rini o‘qib hakamlarni ta’sirlantirdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Surxondaryolik Iroda O‘rozova Toshkent shahrining Qo‘yliq dahasida yashaydi. U 6-sinfda o‘qiydi, she’rlar yozishga qiziqadi.

“Tushgacha maktabda o‘qiyman. Tushdan keyin esa bo‘sh vaqtim bo‘ladi. Aynan shu vaqtda she’r yozaman”, — deydi Iroda.

“Men bu qo‘llarim bilan mustaqil ravishda hamma narsa qila olaman. Kitobni ushlay olaman, she’r yoza olaman. Hayotdagi maqsadim menga barcha imkoniyatlarni yaratib berayotgan ota-onamning ishonchini oqlash. Kelajakda jurnalist bo‘lishni orzu qilaman. Niyatim — Vatanimga xizmat qiladigan farzand bo‘lish”, — deydi Iroda.

Iroda o‘zi yozgan she’rni o‘qib berganida barcha hakamlar unga tasanno aytdi hamda qizchaning keyingi bosqichga o‘tishini ma’lum qildi.

Free WordPress Themes