“Yilning eng yaxshi to‘garak rahbari” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi - Dono.uz

“Yilning eng yaxshi to‘garak rahbari” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

O‘quvchi-yoshlarni to‘garaklarga jalb qilish va ularga maktabdan tashqari ta’lim berishda to‘garak rahbarlarining ijodiy tashabbuskorligi va izlanishlarini yanada oshirish hamda iqtidorli, izlanuvchan va tajribali to‘garak rahbarlarini aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi to‘garak rahbari” respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etib kelinmoqda.

Ushbu tanlov 3 bosqichda (tuman-shahar, hudud, respublika) o‘tkaziladi.

Bugungi kunga qadar ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichlari joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida o‘tkazilib, unda 1,2 mingdan ortiq to‘garak rahbarlari ishtirok etishdi.

Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi joriy yilning 9 noyabr kuni Namangan shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida o‘tkazildi. Unda hududlardan jami 42 nafar to‘garak rahbarlari ishtirok etdi. Ko‘rik-tanlovda to‘garak rahbarlari yangi va zamonaviy to‘garaklarni amaliyotda joriy etish bo‘yicha bellashishdi.

Ishtirokchilar bilim va mahorati 4 ta shart bo‘yicha baholandi.

“Yilning eng yaxshi to‘garak rahbari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘olib, sovrindorlariga vazirlikning diplom va sovg‘alari topshirildi.

Xalq ta’limi vazirligi
axborot xizmati

Free WordPress Themes