“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining galdagi hududlararo saralash o‘yinlari Andijon viloyatida o‘tkazildi - Dono.uz

“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining galdagi hududlararo saralash o‘yinlari Andijon viloyatida o‘tkazildi

Andijon viloyati “Yoshlar markazi”da maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Quvnoqlar va zukkolar» ko‘rik-tanlovining III guruh o‘yini bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlarda Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyati jamoalari ishtirok etdi.

Ko‘rik-tanlovning birinchi 5×5 shartida quvnoq badiiy chiqishlar, 2-shart «Zukko, ziyrak o‘quvchi» jumlasi ishtirokida mantiqiy savol-javob hamda 3-shart «Bizda hammasi besh!» nomli musiqiy chiqish bo‘yicha jamoalar bellashdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi:

1-o‘rin: Andijon viloyati Asaka tumanidagi 31-umumta’lim maktabining “Asaka yulduzlari” jamoasi 13,8
2-o‘rin: Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi 6-umumta’lim maktabining “Sho‘x bolalar” jamoasi 12,8
3-o‘rin: Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi 2-DIUMning “Quvnoq akademiklar” jamoasi 12,4

 

Barcha hududlararo saralash bosqichlari yakunlariga ko‘ra eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan 6 ta maktab jamoasi tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Free WordPress Themes