Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov Xalq taʼlimi vazirligining “Taʼlim homiysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi - Dono.uz

Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov Xalq taʼlimi vazirligining “Taʼlim homiysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi koʻra, Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov vazirlikning “Taʼlim homiysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda «Xalq suzi» xabar berdi.

Surxondaryo viloyatiga xizmat safari chogʻida Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov mukofotni topshirarkan, soha rivojiga qoʻshayotgan hissasi uchun viloyat hokimiga minnatdorchilik bildirdi.

“Prezidentimiz boshchiligida xalq taʼlimi sohasida keng koʻlamli islohotlar boshlandi va qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish uchun biz bor kuchimizni va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz kerak. Umid qilamanki, viloyatning barcha darajadagi rahbarlari bu yoʻnalishdagi ishlarini yanada kuchaytiradi”, – dedi Xalq taʼlimi vaziri.

Ayni paytda Surxondaryo viloyatidagi 921 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabida 497 mingdan ziyod oʻquvchi tahsil olmoqda.

Free WordPress Themes