“Futbolimiz kelajagi sening qoʼlingda” shiori ostida Respublika chempionati oʼtkazildi - Dono.uz

“Futbolimiz kelajagi sening qoʼlingda” shiori ostida Respublika chempionati oʼtkazildi

Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʼzbekiston Futbol Аssotsiatsiyasi, Oʼzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi hamkorligida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yoʼnalishini targʼib etish boʼyicha “Futbolimiz kelajagi sening qoʼlingda” shiori ostida chempionat oʼtkazildi.

Ushbu chempionat 2005-2006 yilda tugʼilgan oʼquvchilar oʼrtasida joriy yilning sentyabrь-oktyabrь oylarida 4 ta (maktab, tuman (shahar), viloyat, respublika) bosqichida oʼtkazilib, unda 518 399 nafar oʼquvchi ishtirok etdi.

Chempionatning final bosqichi 2019 yilning 11-13 noyabrь kunlari Аndijon viloyati, Аndijon shahrida oʼtkazilib, unda 210 nafar oʼquvchi qatnashdi.

Mazkur chempionatning yarim final oʼyinlari Аndijon – Navoiy hamda Fargʼona – Jizzax viloyati jamoalari oʼrtasida oʼtkazildi. Аndijon va Fargʼona viloyati jamoalari final oʼyinida ishtirok etish yoʼllanmasini qoʼlga kiritdi. Murosasiz kechgan oʼyinda 2:0 hisobi bilan Аndijon viloyati jamoasi gʼoliblikni qoʼlga kiritdi.

Chempionat yakuniga koʼra:

1-oʼrinni – Аndijon viloyati;

2-oʼrinni – Fargʼona viloyati;

3-oʼrinni – Jizzax va Navoiy viloyati jamoasi egalladi.

Free WordPress Themes