Eng ko‘p superkompyuterlar qaysi davlatga tegishli? - Dono.uz

Eng ko‘p superkompyuterlar qaysi davlatga tegishli?

18-noyabr kuni AQShda chop etilgan yarim yillik Top-500 reytingigiga ko‘ra dunyo bo‘yicha eng kuchli superkompyuterlar ro‘yxatida Xitoy o‘zining mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda. Bu haqda «UzA» xabar berdi.

Xitoyda superkompyuter qurilmalarining ulushi o‘sishda davom etmoqda: dunyo bo‘yicha ana shunday 500 ta «matox»dan 228 tasi Xitoyda joylashgan. Bu reytingda taqdim etilgan jami superkompyuterlarning 45,6 foizini tashkil etadi. AQSh ulushi bu ro‘yxatda 23,4 foizdan iborat.

Superkompyuterlarining quvvati bo‘yicha ham Xitoy Amerikaga yaqinlashmoqda. AQSh superkompyuterlari umumiy quvvatning 37,1 foizini tashkil etsa, Xitoyniki — 32,3 foiz.

Iyunda chop etilgan ro‘yxatga ko‘ra, o‘rnatilgan superkompyuterlarning unumdorligi bo‘yicha AQSh 38,4 foiz, Xitoy esa «atigi» 29,9 foizni tashkil etgan.

Free WordPress Themes