2021/2022 oʻquv yilidan “Kasbga yoʻnaltirish tizimi” joriy etiladi

2021/2022 oʻquv yilidan bitiruvchilar kasb tanlashi, mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishi uchun “Kasbga yoʻnaltirish tizimi” joriy etiladi.

AOKAda oʻtgan brifingda Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va pedogogik-psixologik respublika tashxis markazi boʻlim boshligʻi Hayot Foziljonov bu borada batafsil maʼlumot berdi:

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilari oʻz iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida munosib oʻrnini topishi, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun “Kasbga yoʻnaltirish tizimi” joriy etiladi;

7-sinfdan boshlab oʻquvchilar oʻrtasida interaktiv soʻrovnomalar oʻtkazilib, kasb-hunarga boʻlgan qiziqishi aniqlanadi va ularning maʼlumotlar bazasi yaratiladi;

7-sinf oʻquvchilari uchun har oyda bir marta “Kasblar olamiga sayohat” mavzusida maxsus kurslar, 8-sinf oʻquvchilari uchun har chorakda kamida bir marotaba “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusida seminar-treninglar olib boriladi;

9-sinf oʻquvchilarining kasbiy moyilligi boʻyicha oʻtkazilgan pedagogik-psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar boʻyicha kasb-hunar maktablarida taʼlim olishi mumkin boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib boriladi;

tizimning afzalligi — oʻquvchilar tizimli ravishda kasb-hunarga yoʻnaltirilib boriladi, ongli ravishda kasb tanlashga va toʻgʻri tanlashga erishiladi.

Ulashing | Поделись этим: