Qoraqalpog‘istonda “Kashfiyotchi bolalar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi - Dono.uz

Qoraqalpog‘istonda “Kashfiyotchi bolalar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Barkamol avlod” bolalar markazida “Kashfiyotchi bolalar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda tuman (shahar) «Barkamol avlod» bolalar markazlaridan jami 50 nafar to‘garak a’zolari 3 yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etdi. Ko‘rik-tanlov avtomodel, avia-raketamodel va robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Tanlov g‘oliblari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Free WordPress Themes