Maktablar yangi standartlar bo‘yicha quriladi va ta'mirlanadi - Dono.uz

Maktablar yangi standartlar bo‘yicha quriladi va ta’mirlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zamonaviy maktab»larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida​»gi qarori imzolandi. Bu haqda kun.uz xabar berdi.

Qaror yangi turdagi umumta’lim muassasalarini barpo etish va muqaddam qurilgan binolarni bosqichma-bosqich zamon talablariga moslashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, ta’lim xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish orqali umumiy o‘rta ta’limni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida qabul qilingan.

«Zamonaviy maktab»lar ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejovchi texnologiyalar asosida barpo etiladigan hamda jihozlanadigan, xalqaro talablar asosida sifatli ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bo‘ladi.

«Zamonaviy maktab»larga qo‘yiladigan talablarga mos keladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tegishli darajadagi muvofiqlik sertifikati beriladi. «Zamonaviy maktab» muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan rahbar va pedagogik xodimlarga mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning oshirilgan stavkalari qo‘llaniladi..

Prezident qarori bilan 2020-2022 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini «Zamonaviy maktab» talablari asosida yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy parametrlari hamda manzilli dasturlari tasdiqlangan.

2020-2022 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash – O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar mablag‘lari; mebel, o‘quv-laboratoriya, sport anjomlari va o‘qitishning texnik vositalari bilan ta’minlash – O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlari; kompyuter texnikasi va ichki lokal tarmoq (tarmoq uskunalari) bilan ta’minlash – xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlari; zamonaviy isitish tizimi bilan ta’minlash – Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Free WordPress Themes