Andijonda “Oʻzbek tilim- iftixorim” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi - Dono.uz

Andijonda “Oʻzbek tilim- iftixorim” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

Andijon shahrida umumtaʼlim maktablarining 5-11 sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Oʻzbek tilim-iftixorim” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.

Mazkur tanlovning Respublika bosqichida taʼlim rus tilida olib boriladigan maktab oʻquvchilari oʻrtasida Andijon shahridagi 24-maktabning 10-sinf oʻquvchisi X.Odiljonova, taʼlim qirgʻiz tilida olib boriladigan maktab oʻquvchilari oʻrtasida Qoʻrgʻontepa tumanidagi 30-davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabining 5-sinf oʻquvchisi O.Joʻliyeva hamda 6-sinf oʻquvchisi G.Saydullayeva gʻolib deb topildi.

Gʻoliblarga Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Free WordPress Themes