“Biz sen bilan bolajon” - Dono.uz

“Biz sen bilan bolajon”

Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 4-sonli maktab-internatida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Biz sen bilan bolajon” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahar Chilonzor tumani “Yoshlar Ittifoqi“ vakillari, Sirojiddinov nomidagi akademik litsey, maktab-internat jamoasi, ota-onalar ishtirok etdilar.

“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun, BMT Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli qaroriga asosan har yili 3-dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida respublikamizda keng nishonlanib kelmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda nogironlik muammolarini hal qilish yoʻnalishining mustahkam poydevori yaratildi va ushbu yoʻnalishda davlat organlari, keng jamoatchilik, yurtimizning har bir fuqarosi maqsadli ishlarni amalga oshirmoqda.

Shuningdek maktab-internati oʻquvchilari tomonidan koʻngilochar konsert dasturi ham taqdim etildi.

Chilonzor tumani “Yoshlar ittifoqi“ kengashi raisi B.Ziyovuddinov soʻzga chiqib mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, “3-dekabr – Nogironlarni himoya qilish kuni”ni keng miqyosda nishonlanayotganligi, Konstitutsiyamizning 27 yilligi bayrami bilan chin yurakdan tabrikladi.

Chilonzor tumani “Yoshlar ittifoqi“ markaziy kengashi tomonidan maktab-internati oʻquvchilariga ulashilgan sovgʻalar bolajonlarning yuzlarida tabassum paydo boʻlishiga sabab boʻldi.

Free WordPress Themes