Hokim ota-onalar yig‘ilishida ishtirok etdi - Dono.uz

Hokim ota-onalar yig‘ilishida ishtirok etdi

Urgut tumani hokimi M.Turdiyev farzandi ta’lim olayotgan 136-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan ota-onalar yig‘ilishida ishtirok etdi.

E’tiborlisi, hokim bola ta’lim-tarbiyasiga sovuqqonlik bilan qaramaydi. M. Turdiyev pedagog bilan hamisha hamkor va hammaslak bo‘lib ishlash, unga ko‘maklashish, tarbiyada doimiy sergak bo‘lish lozimligini boshqa ota-onalarga ham uqtirdi.

Hokimning nafaqat tumandagi muammolarni hal etishi, balki bola tarbiyasiga ham mas’uliyat bilan qaragani e’tiborga molik.

Bugun voyaga yetayotgan o‘g‘il-qizlarni birgina maktabning o‘zi tarbiyalay olmaydi.

Unga ta’lim va tarbiyani bir paytda singdirish, iqtidor va iste’dodini qo‘llab-quvvatlash, ezgu orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun ota-onaning nazorati, ustoz va murabbiy bilan doimiy hamkorligi muhim ahamiyatga ega.

Free WordPress Themes