Navoiylik o'quvchi g'olib bo'ldi - Dono.uz

Navoiylik o’quvchi g’olib bo’ldi

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan BMT Rivojlanish dasturining “O’zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof institutlari orqali korruptsiyaga qarshi kurashish” loyihasi hamkorligida o’tkazilgan “Korruptsiya – taraqqiyot kushandasi” nomli insholar tanlovi yakunlandi.

Navoiy viloyati axborot xizmatining xabariga ko`ra, uch bosqichda o’tgan insholar tanlovida jami 30 mingdan ortiq yoshlar mavzuga doir o’z qarashlari va tahlillari aks etgan insholar bilan ishtirok etdi. Maktab, litsey-kollej va oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida ikki oy davom etgan tanlov yakunlariga ko’ra quyidagi ishtirokchilar g’oliblikni qo’lga kiritdi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8-11 sinflari hamda litsey va kollej o’quvchilari o’rtasidagi bahsda 2-o’rin Iroda Bahronova Navoiy shahridagi 11-aniq fanlar chuqur o’qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o’quvchisiga nasib etdi.

Free WordPress Themes