Yosh shaxmatchilar taqdirlandi - Dono.uz

Yosh shaxmatchilar taqdirlandi

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha respublika chempionatining final bosqichi oʻtkazilayotganligi toʻgʻrisida xabar bergan edik.

photo2019-12-0417-32-53-2.jpg

Ushbu chempionatni tashkil etishdan maqsad oʻquvchilar oʻrtasida sportni ommalashtirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish orqali doʻstlik va hamjihatlikni rivojlantirishdir. Musobaqa 3 ta (blis, rapid va standart) yoʻnalishda tashkil etilgan boʻlib, yakuniy bosqichda 7-17 yoshdagi 180 nafar oʻquvchilar kuch sinashdi.

photo2019-12-0420-15-36.jpg

Mazkur chempionatning taqdirlash marosimi 2019-yilning 4-dekabr kuni Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi 102-son zaif eshituvchi oʻquvchilarga moʻljallangan maxsus maktab-internatida boʻlib oʻtdi. Unda 108 nafar gʻolib va sovrindor boʻlgan yosh shaxmatchilar taqdirlandi.

Chempionat yakuniga koʻra umumjamoa hisobida 1-oʻrinni Toshkent shahri, 2-oʻrinni Toshkent viloyati va 3-oʻrinni Samarqand viloyati jamoalari egalladi.

Free WordPress Themes