«Barselona» futbol klubi haqida

1️⃣ Butun dunyoga mashhur «Barselona» futbol klubiga 121 yil avval bugungi sanada asos solingan. Klub asoschisi shveysariyalik oddiy talaba edi. Xans Gamper ispan tilini o‘rganish uchun Ispaniyaga ko‘chib kelib, o‘zi sevgan sport turini targ‘ib qilish maqsadida ushbu klubni tashkil qilgan.

2️⃣ Klub hozirda kimga tegishli ekanini bilasizmi? G‘ayrioddiy jihati shundaki, «Barsa»ga o‘z muxlislari egalik qiladi. Klub faoliyatiga bog‘liq qarorlarni 14 000 dan ortiq faol muxlislar qabul qiladi.

3️⃣ «La Liga» gigantlari «UNICEF» bilan hamkorlikda butun dunyo bo‘ylab 16 000 maktab qurilishiga hissa qo‘shishgan. Ularda 1,5 milliondan ortiq bolalar sifatli ta’lim olishmoqda.

4️⃣ 2019-2020 yillarda «Barselona» 900 million dollar miqdoridagi daromadi bilan azaliy raqibi «Real Madrid»ni ortda qoldirdi va dunyodagi eng boy futbol jamoasiga aylandi.

5️⃣ «Barselona» o‘zining yoshlar akademiyasiga ham ega bo‘lib, bu dargohda Andres Inesta, Karles Puyol, Pep Gvardiola, Leonel Messi singari ko‘plab mashhur futbolchilar tahsil olishgan. Akademiya «La Masia» deb nomlangan va u «ferma uyi» degan ma’noni anglatadi.

Fikrat.uz

Ulashing | Поделись этим: