O‘zbekistonliklar 2017-yilda ikki marta Oy tutilishini ko‘radi - Dono.uz

O‘zbekistonliklar 2017-yilda ikki marta Oy tutilishini ko‘radi

xfxxeo14834385220479_b2017-yilda ikki marta Quyosh, ikki marta Oy tutiladi. Ikki tabiiy hodisa fevral oyidagi yangi Oy va to‘lin Oyga, yana ikkitasi esa avgustdagi yangi Oy va to‘lin Oyga to‘g‘ri keladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti katta ilmiy xodimi Chori Sherdanov mazkur tabiiy hodisalar yuzasidan ma’lumotlarni “Narodnoye slovo” gazetasida chop etdi.

Birinchi Oy tutilishi 11-fevral kuni ro‘y beradi. Unda Yer Quyoshni qisman to‘sib qo‘yadi, shu bois Oyning yorqinligi birozgina kamayadi. Osmon oydin bo‘lsa, Oy gardishining cheti qorayadi. O‘zbekiston hududida bu hodisani osonlikcha ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Keyingi Oy tutilishi halqasimon bo‘lib, 26-fevraldagi yangi Oy chiqishi chog‘ida kuzatiladi. Oy Quyosh gardishi bo‘ylab o‘tadi, ammo uni to‘liq yopa olmaydi, tabiiy yo‘ldosh atrofida Quyosh gardishining yopilmagan qismidan yorqin halqa hosil bo‘ladi, osmon esa nisbatan yorug‘ bo‘lib qolaveradi. Halqasimon faza chizig‘i Tinch va Atlantik okeanlar akvatoriyalaridan, shuningdek, Janubiy Amerika janubiy qismi va Afrikadan o‘tadi. O‘zbekistonda bu hodisa ko‘rinmaydi.

Uchinchi hodisa — Oyning qisman tutilishi 7-avgust kungi to‘lin Oy chog‘ida kuzatiladi. Sayyoraning tabiiy yo‘ldoshi Yer soyasining shimoliy qismidan o‘tadi, uning boshqa qismi esa yarim soyada qoladi. Hodisa O‘zbekiston hududidan ko‘rinadi. Qiziq tomoni, o‘sha payti Oydan Quyosh tutilishini ko‘rsa bo‘ladi.

Nihoyat, joriy yilning oxirgi hodisasi 21-avgust kunga yangi Oy chiqishida kuzatiladi. To‘liq faza chizig‘i Tinch va Atlantika okeanlari akvatoriyasidan o‘tib, Shimoliy Amerika qit’asini g‘arbdan sharqqa qarab kesib o‘tadi. Ayrim fazalarni Shimoliy va Janubiy Amerika, shuningdek, G‘arbiy Yevropa va Afrikaning eng g‘arbiy mamlakatlari aholisi kuzatadi.

Bundan tashqari, joriy yilda Enke kometasi ortga qaytadi. Bu hodisani ham fevral oqshomlaridan birida ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes