O‘zbekistonlik o‘quvchilar mental arifmetika bo‘yicha jahon chempionatida sovrindor bo‘lishdi - Dono.uz

O‘zbekistonlik o‘quvchilar mental arifmetika bo‘yicha jahon chempionatida sovrindor bo‘lishdi

7-8 dekabr kunlari Kamboja poytaxti Pnom Penda UCMAS Aqliy arifmetika (mental arifmetika) bo‘yicha bolalar markazi tomonidan tashkillashtirilgan 24-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «kun.uz» xabar berdi.

Xalqaro turnirda jahonning 85ta davlatdan 10ta daraja bo‘yicha 5 ming bola qatnashdi.

O‘zbekiston jamoasi 4 daraja bo‘yicha 13 ishtirokchi bilan Kambojaga bordi va musobaqa yakunlariga ko‘ra, 4ta birinchi o‘rin, 5ta ikkinchi o‘rin va 4ta uchinchi o‘rin qo‘lga kiritildi.

Birinchi o‘rin

Yusufbek Abdurahimov, 11 yosh. Toshkent «Vosiq International School» o‘quvchisi (Intermediate A)

Norboyev Nurmuhammad 10 yosh. Toshkent Nova school o‘quvchisi (Elementary A).

Mubina Shermuhamedova, 10 yosh. Toshkent shahridagi Sehriyo maktabi. (Elementary A, 2-daraja)

Mirziyobek Hikmatullayev, 12 yosh. Toshkentdagi 94-maktab o‘quvchisi (basic, 1-daraja).

Ikkinchi o‘rin

Xusenov Umidjon 10 yosh. Buxoro 34-maktab o‘quvchisi (Elementary A).

Shodmonova Malika 9 yosh. Buxoro 1- xususiy maktab o‘quvchisi (Elementary A).

Amonov Azizbek 10 yosh. Buxoro 9- maktab o‘quvchisi (Elementary A).

Lutfulloxo‘ja Hamidullayev, 7 yosh. Toshkentdagi 51-maktab o‘quvchisi (basic, 1-daraja).

Laylo Nigmatova, 11 yosh. Toshkent shahridagi Oxbridge international school (Intermediate A, 4-daraja)

Uchinchi o‘rin

Islombek Abdurahimov, 5 yosh. Toshkent shahri (basic, 1- daraja).

Qayd etilishicha, Islombek Abdurahimov mental arifmetika bo‘yicha jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekiston tarixidagi eng yosh bola bo‘ldi.

Shomurodov Nasimbek 14 yosh. Buxoro 1- maktab o‘quvchisi (basic).

Mirov Mironshox 13 yosh. Buxoro 39-maktab o‘quvchisi (Elementary A).

Shodmonov Sarvar 7 yosh. Buxoro 1- xususiy maktab o‘quvchisi (Elementary A).

Free WordPress Themes