Matematika va fizika fanlaridan “Termiz ochiq olimpiadasi” tashkil etilmoqda - Dono.uz

Matematika va fizika fanlaridan “Termiz ochiq olimpiadasi” tashkil etilmoqda

Xalq ta’limi vazirligi va Termiz shahar hokimligi hamkorligida joriy yilning 16 dekabr kuni Surxondaryo viloyatida matematika va fizika fanlaridan “Termiz ochiq olimpiadasi” o‘tkaziladi.

Mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 3 maydagi qarori ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.

Termiz shahrida bo‘lib o‘tadigan ushbu olimpiadada mamlakatimiz umumta’lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

Olimpiadada 5 ta masalani yechish uchun 3 soat vaqt beriladi va har bir masala 10 ballik tizimda baholanadi.

O‘quvchilar olimpiadada o‘zlari istagan fandan matematika yoki fizikadan ishtirok etishi mumkin.

Olimpiada uchun topshiriqlar (yozma ishlar) Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti tomonidan malakali mutaxassislarni jalb etgan holda tuziladi.

Olimpiadada ishtirok etishni xohlovchi o‘quvchilardan +998908068491 telegramm raqamiga quyidagi formani to‘ldirib jo‘natishlari so‘raladi: familiyasi, ismi, otasining ismi, fan, hudud va tuman, maktabi, yotoqxona bilan ta’minlashga zarurat bormi: (xa, yo‘q).

Ro‘yxatga olish 2019 yil 15 dekabr soat 13:00 ga qadar davom etadi.

Free WordPress Themes