Namanganda futbol festivali o‘tkazildi - Dono.uz

Namanganda futbol festivali o‘tkazildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Oʼzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi farmoniga binoan Xalq ta’limi vazirligi hamda Oʼzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda izchil va keng qamrovli tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Xususan, farmon ijrosi doirasida Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida viloyatdagi umumtaʼlim maktablarining 1 – 4-sinf oʼquvchilaridan iborat 20 ta jamoa oʼrtasida futbol festivali oʼtkazildi. Unda OʼFАning bolalar futbolini rivojlantirish boʼlimi, hududiy assotsiatsiyalar rahbarlari Maʼmur Saidqosimov hamda Baxtiyor Shirinov, Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasining vitse-prezidenti Shuhrat Mirxoldirshayev, “Navbahor” futbol jamoasi oʼyinchilari, Namangan futbol akademiyasining 18 nafar murabbiylari, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi, “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining viloyat mintaqaviy boʼlimi rahbarlari ishtirok etdi.

Oʼquvchilarni futbolga keng jalb qilish, mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va umumtaʼlim maktab oʼquvchilari orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish hamda ularning isteʼdodini kamol toptirish maqsadida tashkillangan mazkur musobaqa 200 nafar yosh, sportsevar oʼquvchilarni bir maqsad yoʼlida birlashtirdi.

Gʼalabani qoʼlga kiritgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

Free WordPress Themes