Labdagi yoriqlar davosi qanday?

Bunday yoriqlar ko‘p hollarda immunitetning sustligi tufayli kelib chiqqanligi uchun davolashda himoya tizimini mustahkamlashga urg‘u beriladi. Ya’ni organizmga yetishmayotgan moddalar o‘rni to‘ldiriladi.

Buning uchun, birinchidan, ovqatlanishni me’yorga tushirish, taomlar tarkibiga V vitaminiga boy bo‘lgan mahsulotlar (tvorog, pishloq, tuxum, mol go‘shti, loviya qo‘zoqlari va h.k.)ni kiritish zarur.

Ikkinchidan esa dam olishni izga tushirish kerak. Agar lab chekkasidagi yoriqlar stress oqibati bo‘lsa, ko‘proq asablarga dam berish lozim.

Shifokor maslahatiga ko‘ra, vitamin va mineralli komplekslar qabul qilish ham foyda beradi. Negaki bunday yoriqlar ko‘pincha organizmga temir va rux mikroelementining yetishmasligi tufayli ham kelib chiqadi. Bunday vaziyatda ular miqdori me’yorlashtirilgach, yoriqlar ham bitib ketadi.
Buning uchun dengiz mahsulotlari, oshqovoq urug‘i, shuning-dek, go‘sht, jigar va buyrakli taomlar iste’mol qilish lozim.

Albatta, lab chekkasidagi yoriqlar davosining xalqona usullari ham mavjud.
Misol uchun, eritilgan ari mumi, vazelin, chakanda yoki zig‘ir moyi, yog‘li ko‘rinishdagi A va Ye vitamini yaxshi samara beradi.

Salomatligingizga e’tiborli bo‘ling, zero, tabassumingiz azobli bo‘lmasin.

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Umid SAIDOV,

dermatolog-shifokor

Ulashing | Поделись этим: