BAAlik shaxmatchilar Toshkentda oʻquv yigʻin oʻtkazmoqda - Dono.uz

BAAlik shaxmatchilar Toshkentda oʻquv yigʻin oʻtkazmoqda

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida Birlashgan Arab Amirliklaridan tashrif buyurgan “Sharja” shaxmat klubining 10 nafar aʼzosi oʻquv yigʻin mashgʻulotlarini oʻtamoqda.
 
photo5235761869552200641.jpg

Oʻquv yigʻin mashgʻulotlari belgilangan dastur asosida tashkil etilayotgan boʻlib, unda sport mahorat darslari, blis va rapid yoʻnalishi boʻyicha musobaqalar, akademiyaning iqtidorli sportchilari ishtirokida oʻyin seanslari hamda madaniy tadbirlar oʻrin olgan.

photo5235761869552200640.jpg

Mashgʻulotlarni akademiya murabbiyi, xalqaro toifadagi sport ustasi, mahoratli murabbiy Elbek Aliqulov olib bormoqda. Mehmonlar bilan akademiya tinglovchilari oʻrtasida shaxmatning blis yoʻnalishi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

photo5238022353789758511.jpg

Hafta oxirida Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyasi bilan BAAning “Sharja” shaxmat klubi oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolanishi kutilmoqda.

Free WordPress Themes