Namanganda “Kitoblar karvoni” aksiyasi o‘tkazildi - Dono.uz

Namanganda “Kitoblar karvoni” aksiyasi o‘tkazildi

Prezidentimiz 2019-yilning 28-fevral – 2-mart kunlari Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida Namanganni kitobxon viloyatga aylantirish taklifini bergan edi. Davlatimiz rahbarining mazkur tashabbusi asosida viloyat bo‘ylab aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol ulg‘aytirish maqsadida kitob va kitobxonlik targ‘iboti tobora keng qamrov kasb etmoqda.

Jahon va o‘zbek adabiyotining nodir namunalarini kitobxonlar ommasiga yetkazish, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarda mutolaaga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshirish maqsadida o‘tkazilgan dastlabki “Kitoblar karvoni” aksiyasida 539 ming dona kitob viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi umumta’lim maktablariga yetkazilgan edi. Kuni kecha mazkur tashabbus yana keng quloch yozdi. Bu galgi “Kitoblar karvoni” aksiyasida jami 90 mingdan ziyod 85 nomdagi badiiy adabiyotlar shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlariga yetkazildi. “Kitoblar karvoni” orqali o‘quvchilar qo‘liga yetib borayotgan mazkur durdona asarlar yoshlar qalbiga ilmu ziyo ulashib, tafakkurning yuksak cho‘qqilariga yetaklashga xizmat qiladi.

Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Free WordPress Themes