Jasorat  timsollari - Dono.uz

Jasorat  timsollari

Bugun  atrofimizdagi  har  bir  yosh  o’z  iqtidori, bilimi, mehnati  bilan  jasorat timsoli deb e`tirof  etilishga  arziydi. Maktabimizning  “Yangi  asr  avlodi”  to`garagi  o`quvchilari  ham  yaqinlashib  kelayotgan  “Vatan  himoyachilari” kuni  arafasida  barcha  jasorat  sohiblarini   tabriklab, ularga  ushbu  dil-izhorlarni  yo`llashni  lozim  topishdi. Ushbu  izhorlarda   ularning   jasorat timsollari  yonib  turibdi.

Baxshilloyeva  Madina,

Buxoro  viloyati, Romitan  tumani 23-IDUMning “ Yangi asr avlodi” to`garagi rahbari

                                                                                          

ORZU

Bugun  hali maktab  o`quvchisiman. Vatan  so`zining  ma’nosi ona, ustoz, yurt so`zlari  bilan  yonma-yon o`qib  yuragimda  jo  qildim. Ulg`aysam ,yurt  koriga  yaraydigan , vatan  sarhadlari  himoyachisi bo`lmoqchiman.Orzum  haqida har  gal  bobojonimga  aytganimda, uzoq-uzoqlarga  tikilib  turib, umring  uzoq bo`lsin, rizqing  butun bo`lsin deb  duo qiladilar.

Mirziyov  Shohjahon

7-“A” sinf  o`quvchisi

HARBIY  BO`LAMAN

Dadam  bilan  faxrlanaman. Shuning  uchun  harbiy  bo`lmoqchiman. Sport  bilan  shug`ullanishni  kanda  qilmayman. Ustozim husnixatimni  doim  maqtaydilar. Aytishlaricha  dadamga  ham  ustozim  saboq  bergan  ekanlar. Hamisha dadamga  o`xshashga  intilaman.

Kamolov  Jonibek

5-“A” sinf  o`quvchisi

SIZGA  O`XSHAGIM  KELADI

Mening qahramonim otajonim! Ayniqsa  dadamni  “ Jasorat” medali bilan  taqdirlashganda  bunga  yana  bir  bor  amin  bo`lgandim. Bugun  gimnastika   musobaqalariga borganimda mashqda  qanchalik  qiyin  bo`lmasin, maqsad yo`lida   qiyinchiliklardan  qo`rqmaslikni dadamdan  o`rgandim.

Sizga  o`xshagim  keladi , dadajon!

 

ASKARLAR

Yashab  o`tgan  Ona  Vatan  bag`rida,

Necha  mingta  fido  bo`lgan  ajdodlar.

Sizga  o`xshab  yosh  avlodlar  o`smoqda,

Ey  jonkuyar  shijoatli  askarlar!

Qo`riqlaysiz  Vatanimni yovlardan,

Berahm, odamkush, jallodlardan,

Siz  barchaning  faxri  bo`lib  kelgaysiz,

Ey  jonkuyar, shijoatli  askarlar!

Yuksalar  siz  sabab hur  O`zbekiston,

Gulladi, yashnadi  bu  ona  makon!

Sergak  turing, sizlar   bu  safda  har on,

Ey  jonkuyar, shijoatli askarlar!

Toshboltayeva  Mohinabonu

4-“A” sinf  o`quvchisi     

 

ASKAR  AKALARGA  MAKTUB!

Har  gal  sizlar  haqidagi  ko`rsatuvlarni  televidineya  orqali  ko`rganimda, sizning  azm-u shijoatingiz  zamirida  tinimsiz  mashq, mehnat  borligini  o`ylayman. Bu  sport,  bu  kitobxonlik, bu o`ziga  talabchanlik, bugun  uzoq  qishloq  chekkalarida  ham  sportning  kundalik  ehtiyoj sifatida  oshganligini   ko`rsatadi.  Shu  bois  erta  tongda   qishloq  ko`chalarida  yurayotgan  onaxonlarni,  yugurayotgan  bolajonlarni, sport  maydonchalarida  shug`ullanayotgan  yoshlarni  ko`rish  mumkin. Erta  tongda  turib  yugurish  bilan  shug`ullanganimga  ham bir yildan oshdi. Shu  bois  bu  yil  gripp kasalligi bilan og`rimadim.

Qadrli  akajonlar!

Sizlarning  jasoratingizdan  zavq  olaman, ko`pincha  sizga  o`xshagim  keladi. Kelgusida   biz  yosh  qizlardan  ham  Bibixonim, To`maris  kabi   jasorat   sohibalari  yetishib  chiqishini  istayman.

Mirzayeva  Feruza,

4-“A”  sinf  o`quvchisi

HARBIY  BO`LAMAN!          

Har  gal  kitoblardan,  gazeta – jurnallardan  jasorat sohiblari  haqida  o`qiganimda  ko`nglimda  faxr  tuyg`usi  alangalaydi. Kelgusi   harbiy   bo`lishni maqsad  qilganman. Buning  uchun  ko`p  kitob  o`qishim ,  sport bilan   shug`ullanishim, fanlarni  yaxshi  o`zlashtirishim  kerak. Hozirdan   turli  tadbir  va  tanlovlarga   muntazam  qatnashib  kelyapman. Har  kuni  darsdan  uyga  qaytganimda   ota-onam  bilan  olgan  baholarimni  muhokama  qilamiz. Ayniqsa, ularning  ishonchlari   va  ustozimning  rag`batlari  meni  olg`a  qadam  tashlashga  o`rgatadi. Kelgusida  Vatan  xizmatida   bo`1sam,  farzandlik  burchimni  oqlagan  bo`laman.

Askarov  Azizbek,

6-“A” sinf  o`quvchisi 

A’LO O’QIB, VATAN KORIGA YARAYMAN!

Vatan himoyasi muqaddas burch . Vatan himoyasiga tayyor turish, ojizlarga shavqatli bo’lish, uning har hovuch tuprog’ini kaftida asrab-avaylamoq mardlik va jasurlikdir. Har bir insonning yuragida Vatan so’zi alanga misol yonib tursa, o’sha inson ona yurti uchun jonini fido qilishga tayyor bo`ladi. Ona yurtni sevib, uni ko’z qorachig’idek avaylab, uning istiqboli, osoyishtaligi  va farovonligi uchun kurashib, haqiqiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalanib,  a’lo baholarda o’qib, vatan koriga yarash ham vatan himoyasi yo’lida qo’yilgan qadam deb bilaman.

Ilhomov Elbek,

5-“A” sinf o’quvchisi

VATANIM POSPONLARI

Havo sovuq, qorlar yog`ar,

Chegarada  turar  akam.

Guvoh  tikanli  simlar,

Qalbimda  olam  Vatan!

Chegarachi, mard  askarlar,

Mard-u maydon, alp polvonlar.

Siz  xalqimning  faxridursiz,

Biz  yoshlarning  ishonchisiz.

Toshboltayeva Madinabonu

6-“A” sinf  o`quvchisi

Free WordPress Themes