Yosh kitobxon tanlovi gʻolibiga “Spark” avtomashinasi beriladi - Dono.uz

Yosh kitobxon tanlovi gʻolibiga “Spark” avtomashinasi beriladi

Bu haqda Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev Yangiobod tumani yoshlari bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
Viloyat hokimi, hududiy sektorlarning rahbarlari ishtirok etgan tadbirda yoshlarning tashabbus, taklif va muammolari, huquqbuzarlik va jinoyatchilik, oilaviy ajrimlarning oldini olish, besh muhim tashabbusning har bir yoʻnalishi boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish, yoshlar bandligini taʼminlash yuzasidan fikr almashildi.
Viloyat hokimi Prezidentimizning beshta muhim tashabbusi boʻyicha yoshlar harakatini qoʻllab-quvvatlashga toʻxtalar ekan, bu yil viloyatda “Yosh kitobxon” tanlovi har galgidan koʻtaringki va yuqori saviyada tashkil etilib, gʻolibga “Spark” avtomashinasi sovgʻa qilinishini maʼlum qildi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan koʻtarilgan muammolar, kamchiliklarni hal etish, bildirgan taklif va tashabbuslarni oʻrnganib amalga oshirish boʻyicha sektor rahbarilariga va tegishli soha masʼullariga aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Tadbir yakunida “Yoshlarga 20 imkon” loyihasi boʻyicha ibrat va oʻrnak koʻrsatgan tuman yoshlari hamda 2019-yilda yoshlar bilan ishlashda yaqindan hamkorlik qilgan tashkilotlar xodimlariga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Viloyat hokimining tumanlardagi yoshlar bilan sayyor qabullari davom etayotir.
Free WordPress Themes