U-23 Osiyo chempionati. O'zbekistonning keyingi bosqichdagi raqibi qaysi jamoa bo'ladi? - Dono.uz

U-23 Osiyo chempionati. O’zbekistonning keyingi bosqichdagi raqibi qaysi jamoa bo’ladi?

Xabaringiz bor, bugun 23 yoshgacha futbolchilar o’rtasidagi qita birinchiligining “C” guruhida so’nggi tur bahslari bo’lib o’tdi.

Mazkur kvartetdan J.Koreya peshqadam sifatida, O’zbekiston olimpiyachilari esa to’plar nisbatiga ko’ra ikkinchi o’rin bilan keyingi  bochqichga chiqdi.

Ularga pley-offda “D” guruhi vakillari raqiblik qiladi. Oxirgi guruh g’olibligini qo’lga kiritgan ishtirokchi chorak finalda O’zbekistonga qarshi to’qnash keladi. 2 o’rin sohibi esa J.Koreya bilan uchrashadi.

“D” kvartetidagi SH.Koreya olimpiya termasi muddatidan oldin musobaqa bilan xayrlashgan bo’lsa, BAA, Iordaniya hamda Vetnam futbolchilari keyingi bosqichga yo’llanma beruvchi ikki o’rin uchun kurash olib boradi.

Demak, ushbu guruhdagi yakuniy tur bellashuvlari ertaga, 16 yanvar sanasida o’tkaziladi.

18:15, Vetnam – SH.Koreya

18:15, Iordaniya – BAA

P.S. O’zbekiston OTJ raqibi qaysi jamoa bo’ladi – BAAIordaniya yoki Vetnam?!

Free WordPress Themes