Prezident sovgʻasi karvoni Toshkent viloyatiga yetib keldi - Dono.uz

Prezident sovgʻasi karvoni Toshkent viloyatiga yetib keldi

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbuslarining ikkinchisi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.

Ushbu xayrli gʻoyani hayotga toʻliq tatbiq etish maqsadida yurtimizdagi barcha sport taʼlimi muassasalariga sport jihozlaridan iborat Prezident sovgʻasi topshirilayotgan edi. Ana shunday karvonlarning navbatdagisi Toshkent viloyatiga yetib keldi.

Prezident sovgʻasini Oʻzbekiston Respublikasi Senatining raisi Tanzila Norboyeva topshirdi. Uni Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Komil Adilov qabul qilib oldi.

Free WordPress Themes