5 ta muhim tashabbus doirasida hududlarga sport karvoni joʻnatildi - Dono.uz

5 ta muhim tashabbus doirasida hududlarga sport karvoni joʻnatildi

Poytaxtimizdagi “Milliy” stadionda sport jihozlari va inventarlari joy olgan sport karvonini mamlakatimiz hududlariga kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda «UzA» xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz yoshlari maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi. Ushbu tashabbuslarning ikkinchi yoʻnalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan boʻlib, oʻtgan davr mobaynida bu borada keng koʻlamli ishlar amalga oshirilganligini alohida taʼkidlash joiz.
photo5258486850752982004.jpg photo5258161481210506298.jpg
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati, hududiy boshqarmalarning masʼul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
-Sir emaski, bugungi kunda muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yosh avlodning har jihatdan sogʻlom va barkamol insonlar boʻlib ulgʻayishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yoʻnalishi bevosita jismoniy tarbiya va sportga qaratilganligi zamirida ham ulkan maʼno mujassam, desam xato boʻlmaydi. Mana hozir Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridagi jami 230 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga joʻnab ketayotgan sport karvoni mamlakatimizning ertasi boʻlgan yoshlarni yanada yetuk sportchilar boʻlib ulgʻayishiga xizmat qiladi. Ajabmaski, ular orasidan kelgusida nomdor sport yulduzlari, jahon va olimpiada chempionlari yetishib chiqsa, — dedi sport karvonini kuzatish marosimida soʻzga chiqqan T.Norboyeva.
photo5258486850752982008.jpg photo5258486850752982007.jpg
Shundan soʻng barcha hududlardan kelgan masʼul vakillarga maxsus sertifikatlar topshirildi va ulkan sport karvoni respublikamiz boʻylab yoʻlga chiqdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yoshlariga joʻnatilgan ushbu sport karvonidan umumiy qiymati qariyb 50 milliard soʻmlik 96 turdagi sport jihozlari, inventarlari va kiyimlari joy olgan. Shundan 19 milliard 316 million 802 ming soʻmlik sport jihozlari mamlakatimizdagi 230 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga yetkazib beriladi.
photo5258486850752982005.jpg photo5258486850752982003.jpg
Bundan tashqari, yurtimizda voleybol sportini yanada rivojlantirish maqsadida umumiy qiymati 30 milliard 309 million 22 ming soʻmlik sport jihozlari, inventarlari va kiyimlari esa respublikamizdagi 7 542 ta umumtaʼlim maktablariga joʻnatildi.
Free WordPress Themes