Vakillarimiz endi BAA jamoasiga qarshi bahs olib boradi - Dono.uz

Vakillarimiz endi BAA jamoasiga qarshi bahs olib boradi

Xabaringiz bor, futbol bo’yicha O’zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda o’tayotgan U-23 Osiyo chempionatining chorak final bosqichiga yo’l olgan.

Shuningdek, Ro’ziqul Berdiev va Vadim Abramov futbolchilarimizni qo’llab-quvvatlash uchun Tailandga boradi.

O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi tomonidan futbolchilarimizni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida yana katta muxlislar guruhi shakllantirilmoqda. Ayni paytda Tailandda Toshkent, Urganch, Buxoro, Andijon, Asaka, Qarshi, Farg’ona, Namangan kabi ko’plab shaharlardan tashrif buyurgan muxlislar, «Qo’qon-1912» klubi direktori va boshqa bir qator futbol mutasaddilari, ashaddiy muxlislar jamoamizni qo’llab-quvvatlamoqda. Bu o’zbek futboli muxlislarining o’ziga xos yangi to’lqini, milliy sport g’oyasidir. Ahamiyatlisi, mana shunday muxlislar orasida taniqli murabbiylarimiz Ro’ziqul Berdiev va Vadim Abramovning ham Bangkokka tashrif buyurishi kutilmoqda.

Malumki, O’zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida “Nasaf” (10) va “Bunyodkor” (5) klublarining o’yinchilari ko’pchilikni tashkil qiladi. Berdiev va Abramovning Tailandga kelishidan asosiy maqsad futbolchilarimizni qo’llab-quvvatlash va ularni yanada ruhlantirishdan iboratdir. Murabbiylar 18 yanvar kuni Bangkokka etib kelishadi.

Takidlash joiz, har ikki mutaxassis OTJ murabbiylar shtabining faoliyatiga aslo aralashmaydi. Terma jamoamiz Lyubinko Drulovich va Ravshan Haydarov boshchiligida bo’lajak bahsga tayyorgarlikni davom ettiradi. Berdiev va Abramov esa uchrashuvdan oldin o’z shogirdlariga ruhiy dalda berish va ularni qo’llab-quvvatlash uchun kelishmoqda.

Free WordPress Themes