Xorazmda “Kamalak bolalar qo‘g‘irchoq teatri” - Dono.uz

Xorazmda “Kamalak bolalar qo‘g‘irchoq teatri”

Urganch shahridagi 9-maktabda “Maktab teatri” loyihasi doirasida “Kamalak bolalar qo‘g‘irchoq teatri” to‘garaklari tashkil etilgan.
Teatrni tashkil etishdan asosiy maqsad o‘quvchilarni ertak va rivoyatlar orqali ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirishdan iborat. Ayni paytda qo‘g‘irchoq teatriga maktabning biologiya fani o‘qituvchisi Gulmira Ro‘zmetova rahbarlik qilmoqda.

To‘garakka asosan 5-6-sinfdan 15 nafar o‘quvchi jalb qilingan. Qo‘g‘irchoq teatri Xiva shahridagi qo‘g‘irchoq teatri bilan hamkorlikda ish olib boradi. Shu bugunga qadar qo‘g‘irchoq teatri tomonidan 10 dan ortiq ertaklar sahnalashtirilib, o‘quvchilarga namoyish qilindi.

“Kamalak” qo‘g‘irchoq teatri nafaqat maktabda balki shaharda o‘tkaziladigan tadbirlarda o‘z sahnalashtirilgan ertaklari orqali ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, “Zumrad va Qimmat”, “Dono qiz”, “Ur to‘qmoq”, “Oltin baliq”, “Turna va tulki” kabi sahnalashtirilgan ertaklar o‘quvchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. To‘garak musiqa fani o‘qituvchisi Qahramon Atabayev bilan doimiy hamkorlikda ish olib boradi. Har oyda ikki marta boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga qiziqarli ertaklar namoyish etib boriladi.

Free WordPress Themes