Samarqandda “Maktab teatri” loyihasi doirasida toʻgaraklar faoliyat yuritmoqda - Dono.uz

Samarqandda “Maktab teatri” loyihasi doirasida toʻgaraklar faoliyat yuritmoqda

Samarqand shahridagi 33-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Oʻquvchi yoshlar bilan ishlarni samarali tashkil etishda madaniyat, sanʼat, sport, axborot-texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus implementatsiya strategiyasini joriy etish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan “Maktab teatri” loyihasi doirasida “Qoʻgʻirchoqlar tilga kirganda”, “Quvnoqlar va zukkolar” toʻgaraklari tashkil etilgan. 

photo2020-01-2814-24-04-2.jpg

Mazkur toʻgarak aʼzolari oʻzbek va jahon xalq ertaklari asosida sahna koʻrinishlari tayyorlab, tengdoshlariga namoyish etdi. Jumladan, “Yulduzli tunlar”, “Otello”, “Zulfiya sadoqat timsoli”, “Koʻzgu teatr”, “Ali bobo va qirq qaroqchi”, “Nasriddin Afandi sarguzashtlari”, “Qoʻgʻirchoqlar soʻzlaganda” kabi asarlardan sahna koʻrinishlari oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Free WordPress Themes